Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan keskin bayonotlar bilan chiqdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan keskin bayonotlar bilan chiqdi. Uning soʻzlariga koʻra, Moskva tinchlik muzokaralariga nisbatan ikkiyuzlamachi pozitsiya tutmoqda.
Qoʻshma Shtatlar rahbari Florida shtatining Palm-Bich shahrida joylashgan Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan muloqot chogʻida Rossiya yetakchisi bilan boʻlgan soʻnggi suhbati haqida gapirdi. Trampning aytishicha, Putin unga shaxsan qoʻngʻiroq qilib, Ukraina dronlari tomonidan Valdaydagi qarorgohiga hujum uyushtirilganini maʼlum qilgan.
“Bu yaxshi holat emas. Ayniqsa, muzokaralar davom etayotgan bir paytda bunday hujumlar oʻrinsiz. Bu meni juda gʻazablantirdi”, — deydi Tramp.
Biroq ortidan Tramp voqealarning Rossiya tomonidan taqdim etilayotgan talqiniga qarshi chiqdi. U oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida “New York Post” gazetasida chop etilgan maqolani ulashdi. Unda Moskva dron hujumidan muzokaralarni izdan chiqarish uchun foydalanayotgani haqida daʼvo bildirilgan.
Shuningdek, maqola sarlavhasida “Putinning hujumdan gʻazabi Rossiya tinchlik yoʻlida turib olganini koʻrsatadi” kabi jumlalar keltirilgan.
Tahlilchilar Trampning mazkur postini Putinni tinchlikka tayyor deb baholagan bayonotlaridan keskin chekinish sifatida baholanmoqda. Bu qadam AQSH prezidentining Ukraina pozitsiyasiga yaqinlashayotganidan dalolat berishi mumkin.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Moskva hujumni Ukrainaning keyingi zarbalariga va AQSHning diplomatik saʼy-harakatlariga putur yetkazish uchun bahona sifatida uyushtirganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring