Donald Tramp Nyu-York sudida aybdor deb topildi
Foto: CNN
Kecha, 30-may kuni Nyu-Yorkdagi hakamlar hayʼati AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni 2016-yilgi saylov kampaniyasiga tahdid solgan toʻlovlarni yashirish uchun biznes yozuvlarini soxtalashtirishda aybdor deb topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Unga koʻra, Tramp barcha 34 ta band boʻyicha aybdor deb eʼlon qilingan. Unga nisbatan rasmiy hukm 11-iyul kuni eʼlon qilinadi. Sobiq prezident 4-yildan 136-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tramp hakamlar hayʼati qarorini “sharmandalik” deb atadi va oʻzini siyosiy mahbus deb eʼlon qildi.
Oq uy esa ushbu holat boʻyicha “qonun ustuvorligini hurmat qilamiz”, deya izoh berdi.
Taʼkidlanishicha, Donald Tramp uy qamogʻiga olingan taqdirda ham bu AQSH prezidentligiga nomzodini qoʻyishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, u qamoqqa yuborilsa va saylovda gʻalaba qozonsa, qamoqdan turib prezidentlik vakolatlarini amalga oshirishi mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring