Donald Tramp kommunistmi?

14:27 24 Iyun 2024 Dunyo
313 0

Yel universitetining professori Jeffri Zonnenfeld sobiq prezident Donald Trampning iqtisodiy siyosatidan xavotir bildirib, buning kommunizmga oʻxshashligini iddao qildi. U bu haqda “New York Times” gazetasidagi essesida maʼlum qilgan.

Zonnenfeldning taʼkidlashicha, Trampning gʻoyalari kapitalist Adam Smitdan koʻra kommunist Karl Marksga koʻproq mos keladi. Professor sobiq prezidentning yirik biznes rahbarlari tomonidan kuchli qoʻllab-quvvatlanishi yaxshilikka olib kelmaydi, deb hisoblaydi.

Uning soʻzlariga koʻra, Trampning ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishi xavotirli, nomzodning takliflari barcha importlarga universal 10 foizlik boj joriy etish va Federal zaxira kengashini mustaqillikdan mahrum etishni oʻz ichiga olishini bildirgan.

“Prezident Jo Bayden monopoliyaga qarshi kurash olib borayotgani uchun biznes rahbarlari tomonidan tanqidga uchramoqda. Bayden siyosati rekord darajadagi korporativ daromad va kuchli mehnat bozoriga olib keldi”, deydi professor.

Tramp ham, Bayden ham 27-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Atlanta shahridagi debatlarga hozirlik koʻrmoqda. Bu ularning joriy prezidentlik saylovi doirasida birinchi marta debatlarga kirishishi hisoblanadi.

Avvalroq Donald Tramp qayta saylansa, AQSH kollejlarining xorijlik bitiruvchilariga avtomatik ravishda yashil kartochkalar berishini aytgandi. (https://xs.uz/uzkr/post/tramp-...)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер