Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Manbada qayd etilishicha, rasmiy Pxenyanga shu haqda ma’lum qilingan maktub yuborilgan.
«Afsuski kuchli g‘azab va ochiq dushmanlik bilan yo‘g‘rilgan bayonotingizdan keyin rejadagi uchrashuvni o‘tkazishdan ma’no yo‘q deb hisoblayman. Siz yadro sohasidagi imkoniyatlaringiz haqida gapirasiz, ammo bizning qurollar shu darajada kuchliki, hech qachon ularni qo‘llashga to‘g‘ri kelmasligini Xudodan so‘rayman.
Butun dunyo, ayniqsa Shimoliy Koreya tinchlik va farovonlik o‘rnatilishi uchun imkoniyatni yo‘qotdi. Bu boy berilgan imkoniyat — tarixning qayg‘uli lahzalaridir», — deyiladi Trampning xatdagi bayonotida.
Shunga qaramasdan, AQSh yetakchisi kelgusida KXDR rahbari bilan uchrashishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 12 iyun kuni Singapurda ikkala tomon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Ammo shimoliy koreyaliklar AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom etganidan norozi bo‘lgan va bu uchrashuv o‘tkazilishi so‘roq ostida qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring