Dominikan Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

14:19 28 Oktyabr 2025 Siyosat
287 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Dominikan Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

TIV rahbarining yozishicha, bugun, 28-oktyabr kuni Dominikan Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alexandro Arias Zarzueladan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻllarini muhokama qilgan.

«Oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud boʻlib, Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozadi TIV vaziri Baxtiyor Saidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер