Dmitriy Medvedev Ukraina prezidentini “xudosiz masxaraboz” deb atadi

16:49 10 Iyul 2024 Dunyo
237 0

Rossiyalik siyosatchi Dmitriy Medvedev “Telegram”dagi sahifasida “Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokaralari olib boradimi?”, degan savol bilan post qoldirdi.

U Zelenskiyning radikal millatchilar bilan aloqalari va Gʻarbning koʻmagi tinchlik muzokaralariga toʻsiq boʻlayotganini tilga olib, sulhning amalga oshishiga shubha bildirgan va Ukraina prezidentini “xudosiz masxaraboz”, deb atagan.

Medvedev AQSH rahbariyatidagi oʻzgarish Ukraina elitasini muzokaralar sari undashi mumkinligini taʼkidlab, ammo bu Rossiyaga foyda keltirishiga shubha qildi. Uning aytishicha, Rossiya faqat Ukraina mojaro natijalarini tan olsa va NATOga aʼzolikni rad etsagina muzokaralarga ochiq.

Medvedevning ogohlantirishicha, Ukrainaning taslim boʻlish niyati boʻlmagan har qanday muzokaralar shunchaki ularni qayta toʻplash va qayta qurollantirish imkonini beradi. U, shuningdek, Ukrainaning NATOga intilishlaridan haqiqatdan voz kechishiga ishonmasligini bildirdi.

Medvedevning ishonishiga koʻra, Ukrainaning hozirgi rahbarlaridan tinchlikka rozi boʻlgan har qanday shaxs qattiq qarshilik yoki surgunga duchor boʻladi. Hatto kelishuv boʻlsa ham, u qolgan radikallar oxir-oqibat qaytib kelishiga ishongan va bu Rossiyaning yakuniy, hal qiluvchi harbiy harakatini talab qiladi.

“Rossiyaning dushmanlari bundan keyin hech qayerga ketmaydi. Ular kuch toʻplashadi va mamlakatimizni yoʻq qilish uchun yangi qulay fursatni kutishadi. Biz Vatanni himoya qilish uchun boʻlajak janglarga tayyor boʻlishimiz kerak”, degan rus siyosatchisi.

Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti va Bosh vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirda u Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib, milliy xavfsizlik va mudofaa masalalariga masʼul hisoblanadi.

Avvalroq, Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayotgani haqda xabar berilgandi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?