DXX bir qator davlat idoralari xodimlarini pora bilan qoʻlga oldi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizligi xizmati Oʻzbekiston boʻylab prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, advokat va boshqalarni korrupsion holatlar ustida qoʻlga oldi.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan fuqaroga muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini oʻzining vakolatli hamkasbi tomonidan olib tashlashni vaʼda qilgan. U ushbu «xizmati» uchun 1000 AQSH dollari hamda «Samsung S 24 Ultra« telefonini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi tergovchisi hamda ikki nafar surishtiruvchisi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Ular oʻzaro til biriktirib, boʻlim ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik hamda uning harakatlarini Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasi 2-qismi «a» bandiga qayta malakalash evaziga 7 ming AQSH dollari olishgan.
Boshqa holatda esa poytaxtda istiqomat qiluvchi ikki shaxs 1980-yilda tugʻilgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishgan.
DXX xodimlari tomonidan Mirobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlangan. Hozirda ularning prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Namangan shahridagi advokatlar hayʼati advokati viloyat IIB boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilib, hozirda Namangan shahar sudida koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishiga yordam berishni vaʼda qilgan. U buning evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 8 ming AQSH dollarini olayotganda ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur advokat muqaddam Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.
DXXga koʻra, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring