DXA “bola puli” yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi

Soʻnggi paytlarda Davlat xizmatlari markazlariga “bola puli” ajratilishini soʻrab murojaat qilayotgan fuqarolar soni ortmoqda
Maʼlumki, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash masalalari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.
Nizomga koʻra:
bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam agar oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq boʻlmasa, toʻlanadi.
Ariza berilgandan keyin
mahallada tuzilgan komissiya, ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida oilaning aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
Oilaning jami daromadiga, oila aʼzolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
- mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar;
- mulkiy daromadlar;
- yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
- chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila aʼzolaridan pul tushumlari summasi;
- pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar;
- shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʻjaligini yuritishdan olingan daromad;
- Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Tekshirish natijalari boʻyicha komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini oʻrganish dalolatnomasini tuzadi. Tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash boʻyicha xulosa dalolatnomada koʻrsatiladi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam komissiya qarori bilan tayinlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring