Diqqat! OTMga kirish imtihonlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
Foto: “Xalq soʻzi”
2025-2026-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar boʻlib oʻtadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Agentlik abituriyentlardan oʻzlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qoʻyishlarini soʻragan. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
Taʼkidlanishicha, abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, koʻrsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring