Dezire Duye “Golden Boy” sovriniga sazovor boʻldi
“Parij Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Dezire Duye 2025-yilgi “Golden Boy” sovriniga sazovor boʻldi. Bu haqda Italiyaning mashhur sport nashri — “Tuttosport” xabar berdi.
Manbada qayd etilishicha, Duye joriy mavsumda PSJ tarkibida juda yuqori darajada oʻynab, Yevropa Chempionlar Ligasida hal qiluvchi gollarni urgan va jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan.
Duye bu sovrinni qoʻlga kiritgan toʻrtinchi fransuz futbolchisi boʻldi. Ilgari bu mukofotni Pol Pogba (2013), Antoni Marsyal (2015) va Kilian Mbappe (2017) qoʻlga kiritgan edi.
Tanlovda Duye bilan bir qatorda “Real Madrid” futbolchilari — Arda Guler va Din Xuisen ham ishtirok etdi. Ammo yakuniy qarorga koʻra PSJ futbolchisi 2025-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Maʼlumot uchun, “Golden Boy” mukofoti har yili “Tuttosport” tomonidan 21 yoshgacha boʻlgan, Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida toʻp surayotgan eng yaxshi yosh futbolchiga topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring