Deyarli 4,5 mln oʻzbekistonlik mol-mulk va yer soligʻidan 2,7 trln soʻm qarzdor
Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soligʻini 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda toʻlashi lozim.
2022-yilda jami 8 mln 85 ming nafar yer uchastkasi va undagi koʻchmas mulklari mavjud boʻlgan jismoniy shaxslarga 3 trln 450 mlrd soʻm yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan.
Joriy yilning 28-sentyabr sanasiga qadar 2 trln 5 mlrd soʻm yaʼni 58 foizi toʻlangan. Shuningdek, 4 mln 400 ming nafar fuqarolarning oʻtgan yildan qolgan qarzdorligi bilan qoʻshib hisoblaganda 2 trln 798 mlrd 4 million soʻmlik soliqlari toʻlanmasdan qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring