Devid XEYL: “Oʻzaro hamkorlik rishtalari mustahkamlanib bormoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Xeylni qabul qildi.
Mehmon oliy darajadagi uchrashuvdan keyin OʻzA muxbiriga intervyu berdi:
– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot chogʻida, avvalo, yurtingizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini muhokama qildik. Shu oʻrinda aloqalarimiz tobora mustahkamlanib borayotganini alohida eʼtirof etish joiz.
Oʻtgan yili mamlakatlarimiz rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilab olingan edi. Shundan kelib chiqqan holda, bugun ularni amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan va qilinishi lozim boʻlgan ishlarni koʻrib chiqdik. Shuningdek, Oʻzbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan samarali islohotlar, xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish oʻrinlari yaratish kabi masalalar diqqatimiz markazida boʻldi.
Mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va Oʻzbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan qoʻshni mamlakatlar bilan ochiqlik siyosatining muhim jihatlarini muhokama qildik.
Oʻzbekistonga tashrifimiz doirasida Samarqandga borishni, koʻhna tarix, boy madaniy meros bilan yaqindan tanishishni rejalashtirganmiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring