Deputatlar IIO probatsiya boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha vakolatlar berilishini yoqlab chiqdi

15:28 10 Sentyabr 2024 Siyosat
397 0

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda respublikamizda maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar oʻrtasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari ortib borayotgani ushbu yoʻnalishdagi huquqiy taʼsir choralarini qayta koʻrib chiqishni talab etmoqda.

Qayd etilishicha, sud tomonidan belgilangan cheklov va majburiyatlarni bajarmagan probatsiya nazoratidagi shaxslar sodir etgan huquqbuzarliklar holatlari boʻyicha tez va taʼsirchan choralar koʻrilishini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha vakolatlar berish zarurati yuzaga kelgan.

Ushbu qonun loyihasi tashabbuskorlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrilishini taʼminlash hamda ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini soʻragan.

Bu shuni anglatadiki, ichki ishlar organlari nomidan 185-2- va 187-moddalari boʻyicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish vakolati probatsiya xizmatining katta inspektoriga berilyapti.

Deputatlarning bildirishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralarining natijadorligi oshishiga olib keladi. Shu sababli ham qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilingan.

Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 3 ta vazirlikning 398 ta xodimiga nisbatan chora koʻrgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер