“Dengizkoʻl” neft va gaz konlari majmuasida AKT keng joriy etilmoqda
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻi bilan “Raqamli kon konsepsiyasi” loyihasi asosida konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va monitoring qilish tizimini joriy etish, boshqaruv apparati hamda neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Xususan, “Oʻzbekneftgaz” AJ ning Axborot kommunikatsiya texnologiyalari departamenti xodimlari tomonidan “Dengizkoʻl” neft va gaz konlari majmuasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tadbiq etilmoqda.
Obyektning “Oʻrtabuloq” squv kompressor stansiyasi hududida “Lite Beam 5AC Gen2” qurilmasi, “Dengizkoʻl” siquv kompressor stansiyasi, “Dengizkoʻl” neft va gaz konlari majmuasi ishchilar shaharchasi hamda “Sardob” koni hududlarida “Power Beam 5ac-620” qurilmalari oʻrnatildi va ishga tushirildi.
Shuningdek, quyidagi obyektlarni bir biriga bogʻlovchi 3200 metr uzunlikdagi optik tolali aloqa kabeli yotqizildi:
— “Oʻrtabuloq” konining maʼmuriy binosi – “Oʻrtabuloq” siquv kompressor stansiyasi – “Somontepa” siquv kompressor stansiyasi – “Oʻrtabuloq” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi – “Oʻrtabuloq” koni oshxonasi oraligʻiga 1500 metr;
— “Dengizkoʻl” siquv kompressor stansiyasi – “Dengizkoʻl” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi – “Dengizkoʻl” koni oshxonasi oraligʻiga 1000 metr;
— “Ishchilar shaharchasi” – “Dengizkoʻl” neft va gaz konlari majmuasi dispetcherlik xizmati binosi – majmua oshxonasi oraligʻida 700 metr uzunlikdagi optik tolali aloqa kabeli oʻrnatildi.
Shuningdek, “Oʻrtabuloq” koni, siquv kompressor stansiyasi va gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi hamda “Somontepa” siquv kompressor stansiyasi maʼmuriy binolariga “6U” kommunikatsiya shkafi, “Yethernet” kommutator qurilmalari oʻrnatildi hamda umumiy 600 metr uzunlikdagi “UTP” rusumidagi tarmoq kabeli yotqizildi va rozetkalar oʻrnatildi.
Shuningdek “Dengizkoʻl” neft va gaz konlar majmuasi, siquv kompressor tansiyasi hamda gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi obyektida “6U” kommunikatsiya shkafi, “Yethernet” kommutator qurilmalari oʻrnatildi va umumiy 850 metr uzunlikdagi “UTP” rusumidagi tarmoq kabeli yotqizildi va rozetkalar oʻrnatildi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi obyektlarida telekommunikatsiya va aloqa tarmogʻi infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring