DEMOKRATIYADAN OCHIQ DARS

20:34 24 Yanvar 2020 Madaniyat
1122 0

Daʼvat
 

Ajnabiy bu soʻzlar emas notanish,
Hech oʻylab koʻrdingmi, xoʻsh, shoir, sen ayt,
Senator bu oʻzi nima degani,
Nima deganidir aslida senat?

Millatning baayni ikki qanoti,
Hayot yoʻllarida hamroh va mador.
Yuqori va quyi palata oti,
Oliy Majlis degan maqomati bor.

Deputat qonunga jon etsa ato,
Senator ruh berib, amalga yoʻllar.
Talqin yo tabdilda uchrasa xato,
Qaytadan yana bahs — “qamal”ga yoʻllar.

Bugun yigʻilishda boʻlsa saroyda,
Ertaga qishloqda eng muhim ishi —
Senator goʻyoki sel kelgan joyda,
Koʻksi bilan toʻsa olguvchi kishi.

Har talab va meʼyor donishlarga xos,
Har soʻzi millatning shaʼnidan bunyod,
Qonunlar yaralsin el oʻyiga mos,
Toki oʻzgarmasin turguncha dunyo.

Chiroyga yarashiq koʻz ila qoshday,
Matnda oʻzbegim imlosi ziynat.
Osmon daftarining muhri — quyoshday,
Yurt muhri, Prezident imzosi ziynat.

Ulugʻning qiyosda bilinar boʻyi,
Magar nisbat berib aytsak, senat — or,
Hamiyat maskani, adolat uyi,
Xalq vijdoni boʻlmoq kerak senator!

 

Saʼdulla HAKIM

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер