“Deksametazon” kimlarga qoʻllaniladi, kimlarga esa yoʻq?

16:03 10 Oktyabr 2020 Jamiyat
33038 0

Koronavirusga chalindim, oʻpkamda 15% zararlanish aniqlangan. Shifokor «Deksametazon» dori vositasini buyurgan, lekin akamga buyurmagan. Bu dori hammaga berilmaydimi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva javob qaytardi:

— Gormon dori vositalar 15% boʻlgan koronavirus pnevmoniyasida qoʻllanilmaydi.

Bu dori faqat statsionar sharoitida bemorlarning ogʻir va oʻta ogʻir sharoitlarda buyuriladi. Har bir bemor uchun individual yondashilib, sxema boʻyicha qilinadi va albatta qarshi koʻrsatmalari, nojoʻya taʼsirlari hisobga olinadi.

Sizga boʻlgan muhim tavsiyamiz — uy sharoitida gormon dorilarni qabul qilmang.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?