Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik ham oʻz aksini topishi zarurligini taʼkidladi
Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etyapti.
“Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga boʻlgan huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir.
Mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim.
Bundan tashqari, Asosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning oʻzi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda boʻlishini belgilashni taklif etaman.
Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qatʼiy belgilab qoʻyilishi shart.
Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik ham oʻz aksini topishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring