Davlat zaxirasidagi yerni tanishlari yordamida hujjatlashtirib, sotmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi

Foto: Illustrativ
Buxoro shahrida davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda aniqlanishicha, fuqarolar A.F. va muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro K.D. oʻzaro til biriktirib, boshqa bir fuqaro N.I.ga “Oʻtror” aholi punktidagi davlat zaxirasida boʻlgan 10 sotix yer maydonini goʻyoki oʻzlariga tegishli ekanligini aytib, sotishga uringan.
Maʼlum boʻlishicha, qonunbuzarlar davlat zaxirasidagi ushbu yer maydonini tanishlari yordamida 37 ming AQSH dollari evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, fuqaro N.I.ning ishonchiga kirishgan.
“Fuqaro A.F ushbu kelishilgan pulning 30 ming 100 AQSH dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi”, — deyiladi departament xabarida.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring