Davlat tashqi qarz miqdori kamaydi
2021-yilning 1-aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni yoki YAIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 133,7 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaydi.
Davlat qarzining kamayishi asosiy qarz toʻlovlarining amalga oshirilishi hamda davlat qarz portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar bilan izohlanadi.

Xususan, joriy yilning I choragida:
- Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldigʻi 126,2 mln. dollarga kamaydi;
- davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldigʻi 52,6 mln. dollarga oshdi;
- davlat kafolati ostida jalb qilingan ichki qarz qoldigʻi 73,1 mln. dollarga kamaydi;
- davlat qimmatli qogʻozlarini emissiya qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar qoldigʻi 135 mlrd. soʻmga oshdi.
Masalan, yanvar-mart oylarida Yaponiya iyenasi AQSH dollariga nisbatan 6,1%ga qadrsizlangan. Oʻzbekiston davlat tashqi qarzlari portfelida esa iyenaning ulushi 11%ni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring