Davlat tashkilotlarining huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha tadbirlari monitoring qilinadi
Illyustrativ foto
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash “Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali orqali amalga oshiriladi.
Qaror bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisida nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
davlat organlari va tashkilotlari – amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari haqidagi maʼlumotlarni Portalga kiritadi;
Portal tomonidan maʼlumotlar avtomatik tahlil qilinadi hamda belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Adliya vazirligi huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, tashkilotlar masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻradi, baholash natijalarini OAVda yoritib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring