“Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Qonun Oʻzbekiston manfaatlarini koʻzlab maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bogʻlik boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur maʼlumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30-yildan va xizmat siri uchun - 10-yildan oshmasligi kerak.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring