Davlat sirini sotishda gumon qilingan fransiyalik ikki shaxs sudga tortilishi mumkin
Fransiyalik ikki nafar sobiq ayg‘oqchi xorij davlatiga mahfiy ma’lumotlarni berib, davlatga xiyonat qilganlikda gumonlanmoqda. Ular sudga tortilishi mumkin.
Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli ma’lumot berdi, deb xabar tarqatdi “Reuters” axborot manbasi.
Bundan tashqari, gumondorlardan birining turmush o‘rtog‘i ham bu jinoyatga aralashganligi taxmin qilinayotir.
“Davlat sirini ochish milliy xavfsizlikni izdan chiqaradi”, - dedi vazir.
Chet davlati Xitoy ekanligi aytilayapti. Emmanyuel Makronning eng yaqin maslahatchisi mazkur holat Parij va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishiga olib kelmasligiga umid bildirmoqda.
“Biz bir-birini juda yaxshi biladigan ikkita yirik kuchmiz”, - degan u jurnalistlarga.
XXR TIV vakili Lu Kan esa mazkur ma’lumotga munosabat bildirmagan.
Parlining aytishicha, agentlar bu ishni Fransiya tashqi xavfsizlik bosh direktoratida faoliyat olib borgan paytida amalga oshirgan va OAV tomonidan mahfiy axborotni olgan davlat Chin o‘lkasi ekanligi haqidagi xabarni esa sharhlashni rad etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring