Davlat qarzi summasining YAIMga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi koʻzda tutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat qarzi summasining YAIMga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkinligi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.
Xususan, davlat qarzini boshqarishda parlament rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash, davlat qarzini boshqarish strategiyasi ijrosini koʻrib chiqish hamda jalb qilingan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish vakolatlari berilmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasi bilan davlat qarzini boshqarish tizimining yaxlitligini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish, shu jumladan davlat qarzini jalb qilish boʻyicha vakolatli organ etib belgilanmoqda. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3 yil muddatga davlat qarzini boshqarish strategiyasi tasdiqlanishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring