Davlat mukofotlari oʻz egalariga topshirildi

14:45 15 Sentyabr 2025 Jamiyat
100 0

Prezidentimizning “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Samarqand viloyatidan ham oʻqituvchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev barcha ustoz-murabbiylarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

— Amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami keng, hali bu yoʻnalishda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar ham koʻp. Birgalashib taʼlim sifatini oshirib borsak, albatta, yetuk, barkamol avlodni shakllantirgan boʻlamiz, — dedi Adiz Boboyev.

Darhaqiqat, mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Samarqand viloyatida ham mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy maktablar va bogʻchalar barpo etilmoqda. Taʼlim sifati ham tubdan yangilanmoqda. Bu esa kelgusida har jihatdan ilmli yoshlarni tarbiyalashda mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер