Davlat muhofazasiga olingan binoda taʼmirlash-tiklash ishlari Madaniy meros agentligidan tegishli ruxsatni olmasdan turib amalga oshirilmoqda

16:32 24 Avgust 2022 Jamiyat
760 0

Foto: Arxiv surat

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Navoiy koʻchasi 30-uyda joylashgan bino fasadi, “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tarafida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari Toshkent shahar hokimligining topshirigʻiga koʻra, “Salohiddin STROY” qurilish firmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Navoiy koʻchasida joylashgan bu bino arxitektura yodgorligi sifatida Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019-yildagi 846-sonli qarori bilan davlat muhofazasiga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasida “moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish” belgilangan.

Madaniy meros inspeksiyasidan maʼlum qilishlaricha, Navoiy 30 binosini taʼmirlash-tiklash ishlari Madaniy meros agentligi Ilmiy ekspert kengashi ruxsati olinmasdan amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер