Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

16:10 05 Oktyabr 2024 Hujjatlar
714 0

“Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi:

2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan oʻqitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;

2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;

2026-yil 1-yanvargacha kasbiy koʻnikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;

2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar boʻyicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish;

Shuningdek, 2025-yil 1-martdan:

- Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi.

- mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi taʼminlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер