Davlat madhiyasi bastakorining uy–muzeyidan fotoreportaj
10-dekabr – “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gimni toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun
Bundan 28 yil muqaddam, aniqrogʻi, 1992-yilning 10-dekabrida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gimni toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlatimiz madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansubligini, uning musiqasini esa bastakor Mutal Burhonov yozganini barchamiz bilamiz, albatta.
Madhiyamiz bastakori umrining oxirgi yillarini ona – shahri Buxoroda oʻtkazdi.1997 – 2002-yillarda oʻziga ajratilgan shinamgina toʻrt xonali uyda yashab ijodini davom ettirdi.U istiqomat qilgan Bahouddin Naqshband koʻchasidagi bu goʻsha hozir Mutal Burhonov uy – muzeyiga aylantirilgan.
Ushbu dargohda oʻtgan asrning suronli, ziddiyatli 30–yillari, sanʼatimiz dargʻalari, madaniy merosimiz , bastakorning ibratli hayotiga oid koʻplab eksponatlarni, noyob suratlar, kitoblar va hujjatlarni koʻrish mumkin.
Quyida shu uy–muzeyga daxldor ayrim suratlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.







Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring