Davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi
Foto: Arxiv surat
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga koʻra, 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.
Bunda:
— imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;
— imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:
— Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;
— Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka boʻyicha;
— tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring