Davlat xizmatiga ishga kirmoqchi boʻlgan nomzodlar endilikda ochiq tanlovlarning namunaviy testini ishlab, oʻz bilimini sinab koʻrishi mumkin

16:01 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
209 0

Fargʻonada shu maqsadda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Ayni damda ishtirokchilar Axborot resurs markazida Davlat xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi — test.argos.uz orqali namunaviy test sinovidan oʻtishyapti.

Olingan natijaga koʻra, ishtirokchilar qaysi yoʻnalishlardan yanada puxta tayyorgarlik koʻrishlari kerakligi bilib olishadi.

Shuningdek, ularga bilimini oshirish boʻyicha kerakli manbalar, suhbat bosqichiga ham tayyorgarlik koʻrish yuzasidan maslahatlar beriladi.

Maʼlumot uchun: Ushbu namunaviy testni ishlash istagidagi nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining filiallariga murojaat qilishlari (https://t.me/vacancy_argos/590...)mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?