Davlat xavfsizlik xizmatiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi
Davlat xavfsizlik xizmatiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan, muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs oʻzini DXX xodimi deya tanishtirib, 1997-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaroni davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, 2024-yilning sentyabr oyidan 2025-yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan aldab jami 30 ming AQSH dollari va 510 million soʻm pul mablagʻlarini olgan.
Bundan tashqari, mazkur fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, bu xizmati evaziga hozirga qadar 4 ming AQSH dollar pul mablagʻlarini qoʻlga kiritgan.
Mazkur shaxs Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, firibgar soʻralgan 10 ming AQSH dollari hisobidan yana 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida istiqomat qiluvchi, 1961-yilda tugʻilgan shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, uni Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring