Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi
“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida»gi Qonun (OʻRQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
Kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:
— fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar;
— maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar;
— maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
— jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa;
Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
Oʻz huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan hollar va muddatlar bundan mustasno).
Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan koʻrsatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi.
Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda toʻlov amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring