Davlat granti asosida oʻqish uchun qoʻshimcha 3 000 ta oʻrin ajratiladi
Prezident farmoni (PF–107-son, 03.07.2023-y.) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 oʻquv yilida davlat granti asosida qoʻshimcha 3 000 ta oʻrin ajratiladi.
Bunda soha va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoji aniqlanib, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring