Davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va baholash boʻyicha Koreya tajribasi oʻrganilmoqda

12:31 20 Dekabr 2023 Jamiyat
748 0

Foto: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti va Personalni boshqarish vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Maʼlumot uchun: 2023-yil oktyabr oyida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi hamda Institut oʻrtasida anglashuv memorandumlari imzolangan.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Agentlik xodimlari va Davlat boshqaruvi akademiyasi professor oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli stajirovka kursi tashkil etildi. Maqsad – davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va baholash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

Bugun delegatsiya Koreya Respublikasi rahbar kadrlarini baholash boʻyicha Assessment markazida boʻlishdi. Markaz faoliyati, shuningdek, kadrlarni kompetensiyalar asosida baholash mexanizmi bilan yaqindan tanishishdi.

Sohaga oid qator uchrashuv va tadbirlarni oʻz ichiga olgan stajirovka dasturi joriy yilning 23-dekabriga qadar Seul shahrida davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер