Davlat aktivlarini boshqarish agentligi har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijalari boʻyicha yigʻma hisobot topshiradi

11:40 15 Mart 2022 Jamiyat
793 0

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti.

Majlisda qayd etilganidek, sohani tartibga solish boʻyicha joriy amaliyotda davlat mulkini boshqarish va saqlash xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish talabi belgilanmagan.

Davlat korxonalari uchun korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga asosan jamiyat (omma, barcha fuqarolar) davlat aktivlarining oxirgi mulkdori hisoblanishi, shu bois, davlat mulkini boshqaruvchi organ davlat mulklarini boshqarish sohasida maʼlumotlar ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan tavsiya etilgan.

Qonun loyihasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi har yili 1-avgustga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning oʻtgan yil faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni Oliy Majlis palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi va oʻz veb-saytida eʼlon qilishi lozimligi koʻrsatilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?