Daniyada parranda grippi tarqalishi sababli minglab joʻjalar yoʻq qilinadi

16:00 17 Noyabr 2020 Dunyo
1173 0

Daniya hukumati parrandachilik fermasida H5N8 parranda grippi tarqalganligi munosabati bilan 25 ming joʻjani yoʻq qilishga qaror qildi.

Bu haqda “Ekstra Bladet” Daniya veterinariya va oziq-ovqat boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, odamlarda parranda grippini yuqtirish holatlari hali aniqlanmagan.

Bundan tashqari, hukumat parranda goʻshti va tuxumini Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarga eksport qilishni ham kamida uch oyga toʻxtatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?