Dangʻarada suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining poytaxt va mamlakatimiz boshqa viloyatlari bilan bogʻlovchi oʻziga xos ramziy darvozasi hisoblangan Dangʻara tumanida koʻklamning ilk nishonalari boʻy koʻrsata boshladi.
Shu kunlarda Dangʻaraning goʻzal va betakror tabiat maskanlariga yondosh hududlarda joylashgan dalalardagi iliq havo, koʻm-koʻk boʻlib yashnayotgan gʻalla maydonlari fermerlar, miroblarning gʻayrat-shijoatini yanada joʻshtiradi. Boisi gʻallachilikda muhim agrotexnik tadbir – sugʻorish yumushlariga kirishilmoqda.
— Qishloq xoʻjaligida suv manbalarining 90 foizdan ortigʻi transchegaraviy daryolarga bogʻliq. Shu sababli suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish juda ham muhim, — deydi Dangʻara tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv tejovchi texnologiyalar va raqamlashtirish boʻyicha bosh mutaxassisi Adhamjon Gʻafforov. — Ayni jihatlarni inobatga olib, soʻnggi toʻrt yil mobaynida tumandagi 3000 gektar yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi. Bu yil ushbu koʻrsatkichni keskin darajada koʻpaytirish maqsad qilingan.
“Hojiakbar zamin fayzi” fermer xoʻjaligida tejamkor texnologiyalar oʻrnatilib, bugungi kunda 28 gektar maydonda parvarishlanayotgan boshoqli don ekini baravj rivojlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, xoʻjalik yerlarida oʻtgan yillarga nisbatan toʻrt-besh marotaba kam suv sarflanishiga erishildi.
Bu borada tumandagi fermer xoʻjaliklari gʻalla maydonlarida nafaqat yomgʻirlatib sugʻorish, balki egiluvchan quvurlar yordamida mobil sugʻorish texnologiyalari ham amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda. Xususan, bu yil yana tumandagi 18 ta fermer xoʻjaligida mobil sugʻorish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring