Dam olish kunlari qor yogʻishi kutilmoqda

Bugun Oʻzbekiston hududlariga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi boshlandi. Koʻpchilik viloyatlarda yomgʻir yogʻadi. Respublikamizning shimoliy va janubi-sharqiy hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati nihoyat dekabr oyining oxiridagi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqinlashadi va 7-10° iliqni tashkil etadi.
Biroq issiq uzoq vaqtga kelmadi. Ertaga respublika hududlariga janubiy siklon kirishi boshlanadi, soʻngra Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi.
Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin, faqat respublika shimolida va shimoliy hududlarning chekkasida yogʻingarchilik kutilmaydi
Yakshanba kuni yogʻingarchilik boʻladi, u sovuq fonda qor koʻrinishida davom etadi.
Respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli qor yogʻishi mumkin, qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3° sovuq-2° iliq atrofida boʻladi.
Bu davrda kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Bugun va ertaga respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring