Dam olish kunlari harorat nisbatan iliq boʻladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” agentligi 8-9-noyabr, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, keyingi kunlarda Oʻzbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi va havo harorati asta sekin koʻtarila boshlaydi.
7-noyabrda kunduzi havo 10-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17 darajagacha, janubda 18-20 darajagacha isiydi. Kechalari ham havo harorati koʻtariladi, hududning katta qismida harorat iliq boʻladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat Respublikaning shimolida va choʻl hududlarida saqlanib turadi.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-noyabrda 10-12 daraja iliq boʻladi, 8-9-noyabrda 14-16 daraja iliqqacha koʻtariladi. Kechalari esa 1-3 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring