Sport gimnastikasi: Oksana Chusovitina oltin medalni qoʻlga kiritdi

22:31 03 Sentyabr 2023 Sport
956 0

Ayni kunlarda Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. 

Hozirgina nihoyasiga yetgan ayollar oʻrtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz oʻzining sevimli dasturida 13.067 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.

1. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.067
2. Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950
3. Cheren Biner (Turkiya) – 12.950.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер