“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan boykot bekor qilingani muhim voqeadir — Jenis Xelvig
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 15-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva tashrif doirasida AQSHning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha komissiyasining (Xelsinki komissiyasi) katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shu jumladan, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish sohasidagi katta yutuqlariga eʼtibor qaratildi.
Bu borada Xelsinki komissiyasi vakili odam savdosiga qarshi kurashish va gender masalalari bilan shugʻullanuvchi, shuningdek, Markaziy Osiyo bilan ishlash borasida 25 yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassis sifatida “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan oʻzbek paxtasiga qoʻyilgan boykot bekor qilingani ham muhim voqea ekanligini aytib oʻtdi.
Shuningdek, J.Xelvig Oʻzbekistonning YEXHT, ayniqsa Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) bilan aloqalari barqarorligiga urgʻu berdi. U mamlakatda YEXHT tavsiyalari va bosh prinsiplarini tatbiq etish davom ettirilishiga umid bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring