“Copa America” finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻldi
Foto: ESN
Bugun, 11-iyul kuni futbol boʻyicha Amerika chempionati musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda Kolumbiya termasi Urugvayni magʻlub etdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Lerma tomonidan kiritilgan gol oʻyin taqdirini hal qildi. Bahsning 45-daqiqasi kolumbiyaliklar bir kishi kam boʻlib qolgan boʻlishsa-da, yakunda gʻalabani ilib ketishdi.
Qayd etish kerakki, Kolumbiya terma jamoasi soʻnggi 28 ta oʻyindan beri yutqazmayapti. Jamoa tarkibida sobiq “Real Madrid” futbolchisi Xames Rodriges ham bor. U bu musobaqada ajoyib sermahsullik qayd etmoqda.
Endi 14-iyul kuni Xames Rodriges yetakchiligidagi Kolumbiya finalda Argentinaga qarshi oʻynaydi.
Kolumbiya esa ushbu musobaqada 17 bor qatnashgan va faqat bir marta — 2001-yilda gʻolib boʻlgan. Argentina ushbu musobaqaning 15 bor gʻolibi hisoblanadi. 2021-yilda oʻtkazilgan turnirda ham Lionel Messi hamyurtlari bilan bosh sovringa ega chiqqandi.
Avvalroq, Messi “Copa America”ni yutsa, “Oltin toʻp” olishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring