“Coca-Сola” va “Pepsi” moliyaviy jarimaga tortdi
Raqobat qoʻmitasi Toshkentda tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzgan kompaniyalarni jarimaga tortdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi yanvar va fevral oylarida reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib bordi. Oʻrganishlar natijasida 30 dan ortiq kompaniyalarda qonun buzilishi holatlari kuzatilgan.
Ular orasida “Coca-cola ichimligi Uzbekistan LTD” MCHJ XK, “International beverages Tashkent MChJ XK” MCHJ XK (PEPSI), “Mak food servis MChJ” MCHJ (EVOS), “Lumieri” MCHJ, “Turan media” MCHJ, “Oqtepa food sevice” MCHJ (Oqtepa Lavash), “Baratrum” MCHJ (Safia) ham bor.
Kompaniyalar “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzgan. Ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarimalar qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring