“Cobalt” yoki “Damas”: yanvar oyida qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarilgan?
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 15 611 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan, deb maʼlumot berdi Statistika agentligi.
Unga koʻra, yanvar oyida eng koʻp ishlab chiqarilgan yengil avtomobil “Cobalt” boʻlib, oy davomida 5 ming 660 dona ishlab chiqarilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 2 ming 765 dona bilan “Damas” avtomobili ikkinchi, “Kia” avtomobili esa 1 ming 978 dona chiqarilib uchinchi oʻrindan joy olgan.
Shuningdek, “Onix” 1 ming 462 dona, “Tracker” 1 ming 334 dona, “BYD” 802 dona, “Chery” 594 dona hamda “Haval” rusumli avtomobil 373 dona ishlab chiqarilgan.
“Bundan tashqari, 643 dona boshqa turdagi maxsus yengil avtomobillar ham ishlab chiqarilgan”, — deyiladi Statistika agentligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring