Chust hunarmandlari kichik shaharchada jamlanadi
Azaldan qoʻli gul hunarmandlar maskani hisoblangan Chust oʻzining ipak aralashtirib tikilgan toʻrt gulli bejirim doʻppi hamda kashtachilik buyumlari, sovgʻabop milliy pichoqlari bilan dunyoga dovrugʻ taratgan.
Ajdodlardan qolgan bu meros avlodlar qoʻlida yanada sayqal topib bormoqda. Mahalliy hokimiyat ushbu yumushni ardoqlab kelayotgan iqtidor egalarini qoʻllab-quvvatlash, ularga qulay mehnat infratuzilmasini yaratib berish maqsadida ezgu tashabbusga qoʻl urdi. Tuman hududidan oʻtgan katta avtomobil yoʻli yoqasida “Hunarmandlar shaharchasi” barpo etiladi.
— Yangi maskan uchun ajratilgan 16,6 gektardan iborat maydonda hozirga qadar kichik ustaxona va oʻz hovlilarida shugʻullanib kelayotgan hunarmandlar uchun har biri besh sotixdan 169 loyiha maydonlari ajratiladi, — deydi Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Okibjon Inomov. — Ular hunarni sanoat usuliga koʻchirgan holda oʻz bizneslarini rivojlantiradi.
Tashabbuskorlarning aytishiga qaraganda, ixtisoslashtirilgan shaharchada birinchi navbatda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish yoʻlga qoʻyiladi. Bu bilan tadbirkorlarning doʻppichilik, pichoqchilik, zargarlik, zardoʻzlik, oʻymakorlik kabi yoʻnalishlardagi loyihalari ijrosiga keng yoʻl ochiladi. Ular hududda barpo etiladigan koʻp qavatli uylarning pastki qismida ustaxona va doʻkonlarini joylashtiradi, binoning yuqori qavatlaridan esa turarjoy xonadonlari oʻrin oladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring