Chortoqlik yosh muallim uch yilda oliy malaka toifasini oldi

12:11 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
676 0

Foto: Qudratilla Najmiddinov / Xalq so'zi

Bugun oʻz iqtidori va salohiyati bilan tengdoshlariga namuna boʻlgan yoshlarimizning shijoatiga havas qilsak arziydi. Ulardan biri, Chortoq tumanidagi 51-umumtaʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi Nuriddin Boymatov atigi uch yilda oliy malaka toifasiga ega boʻldi. U 2019-yilda 2-malaka toifasini qoʻlga kiritgan edi, 2020-yil sentyabrda navbatdan tashqari oʻtgan attestatsiyada ishtirok etdi va 1-malaka toifasini himoya qildi. Bu yil esa oliy toifani qoʻlga kiritdi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan N. Boymatov har bir darsni ilgʻor zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻtadi. Shu bois undan saboq olayotgan oʻgʻil-qizlarning fizikani oʻrganishga ishtiyoqi baland. Tashabbuskor muallim maktabda tashkil etgan “Yosh ixtirochi” toʻgaragida ellikdan ziyod oʻquvchilar fizika qonuniyatlarini amaliy oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?