Chiroqchidagi maktabda oʻquvchilar “Holi bayrami”ni nishonladimi?
Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida yuqori sinf oʻquvchilari bir-biriga boʻyoq sepib oʻynagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʻrnatilgan tartib asosida oʻrganilgan.
Qayd etilishicha, voqea joriy yil 12-may kuni Chiroqchi tumanidagi 82-sonli maktabning 8—10-sinf yigit-qizlari oʻrtasida sodir etilgan. Oʻquvchilar tanaffus vaqtida boʻyoq laklarini oʻzaro bir-biriga va maktab devorlariga sepib taʼsir oʻtkazgan.
Muassasa maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, ushbu holatni keltirib chiqargan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan huquq tartibot organlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videolavha aslida ota-onalarni farzand tarbiyasiga eʼtiborli boʻlishga chaqirish maqsadida maktab direktori oʻrinbosari tomonidan tasvirga olinib, ularga yuborilgan. Bu esa tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinishga urinilgan.
Shuningdek, taʼlim tashkiloti mulki, moddiy-texnik bazasiga ziyon yetkazish holatlari gʻayriqonuniy harakat hisoblanishini inobatga olib, oʻz navbatida eʼtiborsizlik holatlarini yuzaga keltirgan sinf rahbarlari hamda maktab maʼmuriyatiga nisbatan taʼsir chorasi qoʻllanilgan.
Shu oʻrinda, yuqoridagi holat yuz bergan maktab direktori bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida tezkorlik bilan huquq tartibot organlariga murojaat qilib, ota-onalardan farzand tarbiyasiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring