Chiroqchida ilk marotaba “Tarag‘ay bahori” festivali o‘tkazildi
Foto: «Xalq so‘zi»
Chiroqchi tumanining Tarag‘ay qishlog‘i o‘zining boy tarixi, bektakror tabiati, odamlarining turmush-tarzi, urf-odat va an’analari bilan mashhur.
Purviqor Hisor tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan qishloqning bir tomoni Samarqand viloyati bilan chegaradosh bo‘lsa, bir yoni Kitob tumani bilan tutashgan. Qishloq yaqinida Siypantosh tabiiy yodgorligi, Amir Temur g‘ori va yana bir qator tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor manzillarning ko‘pligi esa uning turistik jozibasini yanada oshiradi.
Shundan kelib chiqqan holda Tarag‘ayga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgan va Prezidentimizning 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan tegishli Yo‘l xaritasiga asosan, bu yerda har yili “Tarag‘ay bahori” festivalini o‘tkazib borish belgilangan edi. Shunga ko‘ra, bu yil qishloqda ilk marotaba “Tarag‘ay bahori” festivali tashkil etildi.
Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan festivalda Chiroqchining ko‘hna tarixidan sado berguvchi milliy hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan xalq o‘yinlari barchani o‘ziga chorladi.
Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert esa tadbirga yanada o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring