Chirkayda 30 dan ortiq xizmatlar yoʻlga qoʻyildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning iyun oyidan boshlab Furqat tumanining “Chirkay” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun jahon andozalari darajasida xizmat koʻrsatuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” ish boshladi. Shu tariqa 31 turdagi anʼanaviy hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatish faoliyati tashkil etildi.
Mahalla raisi Zohirjon Karimovning qayd etishicha, chilangarlik, santexnika xizmatiga ehtiyoj sezilganda odamlar qiynalar edi. Qolaversa, xonadon tomorqasidagi texnika va mutaxassis kerak boʻladigan oddiy yumushlar uchun kunlab navbat kutilgan. Endilikda ana shu kabi zarur mutaxassislar xizmatidan tez va sifatli foydalanish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi.

— Zamonaviy mezonlar asosida faoliyat olib borishimiz uchun bino qurilishi ishlariga 350 million soʻm mablagʻ sarflandi, — deydi “Mahalla servis kompaniyasi” rahbari Jamol Qosimov. — Shuningdek, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida 70 million soʻmlik asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.
Natijada mahalladagi 7 ta ichki koʻcha hamda 657 ta aholi xonadonlariga 31 turdagi xizmatlar koʻrsatishga kirishildi. 5 ta doimiy hamda 5 ta mavsumiy ish oʻrni yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring