Chiqindilarni tashishda elektromotorollerdan foydalanilmoqda
Yaqinda Samarqand shahriga xizmat koʻrsatuvchi “Marokand Obod” Davlat muassasasiga lizing asosida 20 ta maxsus chiqindi tashuvchi elektromotorollerlar yetkazib berildi.
— Mazkur elektr motorollerlar chiqindi tashuvchi yirik transportlardan oʻrtacha 27 barobar arzon tushmoqda,— deydi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Bekzod Payshanov. – Bu texnikalar juda tejamkor boʻlib, chiqindilarni yuklash va tashib ketish uchun juda qulay. Maxsus motorollerlarning asosan Samarqandning eski shahar qismida harakatlanishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Chunki katta texnikalar tor koʻchalar, tarixiy obidalar mavjud boʻlgan hududlarga kira olmaydi.

Tizimda katta hajmdagi texnikalardan ham foydalaniladi. Motoroller mahalladagi odamlar uylaridan chiqindilarni yigʻib chiqib, maxsus joyga oʻrnatilgan katta koʻchma chiqindi toʻkish joylariga olib kelib toʻkadi. Katta hajmli mashinalar esa chiqindilarni maxsus poligonlarga olib ketadi.
Yil yakuniga qadar yana 20 dona chiqindi tashuvchi maxsus elektromotorollerlar olib kelish koʻzda tutilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring