Chiqindidan elektr energiyasi olinadi
Kogon tumani “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻini hududida maishiy chiqindilarni yoqish yoʻli bilan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona qurilishiga kirishildi. Bu loyiha davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga koʻra, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Wangneng Environment” ekologik kompaniyasi oʻrtasidagi tuzilgan bitim asosida amalga oshirilyapti.
Maʼlumotlarga qaraganda, loyihaning umumiy qiymati 165 million AQSH dollari miqdorida boʻlib, korxonada kuniga 1,5 ming tonna maishiy chiqindini qayta ishlash va yil davomida jami 400 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin boʻladi. Ekologik, iqtisodiy jihatdan samarali bu noyob loyiha ikki yil ichida amalga oshiriladi. 120 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.Muhimi, u “Yashil iqtisodiyot” tamoyillariga mos keladi. Chiqindi tashlanadigan maxsus joylarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi. Ekologik barqarorlikka xizmat qiladi.
Korxona qurilishiga tamal toshi qoʻyilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda qatnashgan Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda “Wangneng Environment” ekologik kompaniyasi masʼullari ana shularni alohida taʼkidlashdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring